Bog'lanish
Baxtiyor Nasimov
Assalomu alaykum, men

Baxtiyor Nasimov

Birinchi prorektor, DSc

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlarga mas'ulman. Ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni bog'lash — asosiy maqsadim.

Hamkor universitetlar
Zhejiang Sci-Tech UniversityUral State University of EconomicsCentral Bohemia UniversityErasmus+
Voqealar
Barcha yangiliklar — TTYSI Telegram kanali
Men haqimda

Ta'lim, ilm-fan va yoshlar uchun xizmat

1985-yil 2-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug'ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bakalavr (2004–2008) va magistratura (2008–2010) bosqichlarini tamomlagan.

Faoliyatini O'zbekiston Milliy universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida uslubchi sifatida boshlagan. TDIUda tadqiqotchi, assistent, dekan muovini, xalqaro qo'shma ta'lim dasturi bo'limi boshlig'i va fakultet dekani bo'lib ishlagan. 2024-yildan TTYSIda birinchi prorektor.

15+ yillik tajriba100+ ilmiy-uslubiy ish PhD (2019), DSc (2025)Xalqaro loyihalar ishtirokchisi
Mehnat yo'li
LavozimTTYSI birinchi prorektori
Ilmiy darajaIqtisodiyot fanlari doktori (DSc), 08.00.13 — Menejment
ManzilToshkent sh., Yakkasaroy t., Shohjahon ko'chasi 5
E-pochtainfo@ttysi.uz
Telefon+998 55 512 66 11
Faoliyat yo'nalishlari

Nimalar bilan shug'ullanaman

Yoshlar siyosati

Talabalar bilan ochiq muloqotlar, turar joylardagi sharoitlar va yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlar

"Ma'rifat ulashib", "Yashil makon" kabi loyihalar, adiblar va ustozlar bilan uchrashuvlar.

Ilmiy tadqiqotlar

Menejment va paxta-to'qimachilik klasterlarida ishlab chiqarish zahiralarini boshqarish.

Xalqaro hamkorlik

Xitoy, Yevropa va MDH universitetlari bilan qo'shma laboratoriya, dasturlar va Erasmus+ loyihalari.

Faoliyat
Ilmiy faoliyat
0ilmiy-uslubiy ishlar
0darslik va qo'llanma
0Scopus / WoS maqolalari
0bitiruv ishlariga rahbarlik

2 ta darslik, 6 ta o'quv-uslubiy qo'llanma, 1 ta monografiya va O'zbekiston Respublikasining 1 ta ixtiro patenti muallifi. Web of Science (1) va Scopus (3) bazalarida maqolalari chop etilgan. 6 ta magistrlik va 20 dan ortiq bakalavr bitiruv ishlariga rahbarlik qilgan.

Mehnat yo'li
2025 — h.v.

Qo'shma laboratoriya direktori

"Qadimiy va zamonaviy Ipak yo'li" Xitoy–Markaziy Osiyo qo'shma laboratoriyasi.

2024 — h.v.

Birinchi prorektor

TTYSI — Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha.

2022 — 2024

Fakultet dekani

Xalqaro qo'shma ta'lim dasturi fakulteti (TDIU, UrDIU bilan hamkorlikda).

2019 — 2022

Bo'lim boshlig'i

Xalqaro qo'shma ta'lim dasturi bo'limi.

2016 — 2019

Dekan muovini

TDIU Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti — o'quv, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, yoshlar bilan ishlash bo'yicha.

2012 — 2015

Tadqiqotchi, katta ilmiy xodim, assistent

TDIU "Iqtisodiyotda axborot tizimlari" kafedrasi.

Ilk faoliyat

Uslubchi

O'zbekiston Milliy universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazi.

Tashriflar va hamkorlik
O'zbekistonXizmat safarlari va stajirovkalarHamkor universitetlar

Hamkorlik uchun bog'laning

Ta'lim, ilmiy loyiha yoki yoshlar tashabbusi bo'yicha taklifingiz bo'lsa, institut orqali murojaat qiling.

Xat yozish